Farg‘onada maktab direktori ishga tiklandi

Farg‘onada maktab direktori ishga tiklandi

Avvalo shuni qayd etish kerakki, Jamiyatimizda, har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekani mustahkamlab qo‘yilgan.

Fuqarolarimizning konstitusiyaviy huquqlari amaldagi mehnat qonunchiligida ham o‘z ifodasini topgan bo‘lib, qonunga ko‘ra hech kim asossiz ravishda ishdan bo‘shatilishi mumkin emas.

Ammo shunga qaramay, kundalik hayotda mehnat bilan bog‘liq nizolar ham uchrab turibdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining tegishli ijro hujjatiga asosan fuqaro A.YU.ning o‘z vazifasiga tiklash haqidagi ijro hujjati byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida Farg‘ona viloyat maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasining 2024 yil 13 maydagi buyrug‘iga asosan So‘x tumanidagi maktab direktori lavozimiga tiklangan va ijro ishi tamomlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!