Xorazmda maktabga berilgan ko‘mir uvol bo‘ldi(mi)?

Xorazmda maktabga berilgan ko‘mir uvol bo‘ldi(mi)?

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda «Hazoraspdagi maktabga berilgan ko‘mir uvol bo‘lmoqda-mi?» sarlavhasi ostida murojaat tarqatildi. Unda Hazorasp tumanidagi 11-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi markazlashgan gaz tarmog‘i orqali isitilishiga qaramasdan 50 tonna ko‘mir berilganligi va bu ko‘mirlar bugungi kunda yaroqsiz holatga kelganligi tanqid ostiga olingan.

Holat yuzasidan Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi «2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-57-sonli qarorining 7-ilovasiga asosan viloyat bo‘yicha jami 383 ta ya’ni, 269 ta umumta’lim maktablari hamda 114 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarining lokal isitish tizimlarini ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, ushbu ta’lim muassasalarining isitish tizimlari 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida ko‘mir yoqilg‘isiga moslashtirildi.
Shu jumladan, mazkur qaror asosida Hazorasp tumanidagi 11-sonli umumta’lim maktabining ham isitish tizimi ko‘mir yoqilg‘isida ishlashga moslashtirilib, me’yorida isitilmaganligi sababli mavsum uchun olingan 58 tonna ko‘mir yoqilg‘isidan joriy yilning 1 aprel holatiga 50,0 tonna ko‘mir qoldig‘i maktab direktori va xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari javobgarligida zahirada saqlanmoqda.

Maktabning isitish tizimi me’yorida isitilmaganligi sababli joriy yilda ta’mirlanishi ko‘zda tutilganligi ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!