AQSh o‘ziga qaram bo‘lganlarga pand bermoqda

AQSh o‘ziga qaram bo‘lganlarga pand bermoqda

AQSh va uning ittifoqchilari o‘zlariga qaram bo‘lgan davlatlarga pand bermoqda, Qo‘shma Shtatlarning zaifligi Afrika davlatlarining Xitoy va Rossiyaga moyil bo‘lishiga olib kelmoqda. Bu haqda RIA Novosti Jahon bankining sobiq rahbari Devid Malpassga tayanib xabar berdi.

"AQShning butun dunyo bo‘ylab zaifligi Afrikaning Sahroi Kabirni islom fundamentalistlari, Xitoy va Rossiyaga taslim bo‘lishiga olib keladi", — dedi u ijtimoiy tarmog‘idagi postida.

Malpassga ko‘ra, so‘nggi bir necha oy iqtisodiyot, geosiyosat va global institutlar uchun "halokatli vaqt" bo‘ldi. Uning ta’kidlashicha, global institutlar va ulardagi AQShning roli, jumladan, mojarolar tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda.

"Qo‘shma Shtatlar va ittifoqchilarimiz bizga qaram bo‘lganlarning ko‘piga pand bermoqda", dedi u Nigerni misol qilib keltirgan holda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!