Poytaxtimizda O‘zbekiston energetika haftaligi o‘z ishini boshladi

Poytaxtimizda O‘zbekiston energetika haftaligi o‘z ishini boshladi

Energetika vazirligi, ‘O‘zbekneftgaz” AJ va qator tashkilotlar hamkorligida “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida O‘zbekiston energetika haftaligi o‘tkazilmoqda.

Mazkur haftalikda dunyoning 29 ta davlatidan 450 ta ishlab chiqaruvchi kompaniyaning yoqilg‘i-energetika tarmog‘iga oid zamonaviy uskunalari va texnologiyalaridan namunalar namoyish etiladi.

Bundan tashqari, haftalik doirasida xorijiy va mahalliy kompaniyalar, xalqaro ekspertlar ishtirokida sohaga oid dolzarb mavzular yuzasidan qator konferensiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bugun, 14 may kuni forumni yalpi sessiya ochib berdi va ikkita muhim tadbirga — 26 Xalqaro “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2024” anjumani va 4-Xalqaro energetika anjumaniga start berildi.

Ayni paytda “Energetika siyosatini O‘zbekiston milliy strategiyasiga muvofiq uyg‘unlashtirish” mavzusi bo‘yicha yalpi sessiya bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev, O‘zbekiston energetika vaziri J.Mirzamahmudov, qator xalqaro kompaniyalar hamda tizim tashkilotlari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!