Hojatxonaga tushib ketgan 2 yoshli bola qutqarib qolindi

Hojatxonaga tushib ketgan 2 yoshli bola qutqarib qolindi

2024 yilning 13 may kuni soat 16:58 da Toshkent viloyati Zangiota tumani «Harakat» mahallasida joylashgan uylarning birida, ushbu uy egasining 2 yoshli farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli hovlisidagi hojatxonaga tushib ketganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib bordi va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida taxminan 5 metrlik hojatxona chuqurligidan bolani sog‘-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qoldi.

Hurmatli ota-onalar farzandlaringizni nazoratsiz qoldirmang.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!