«Gazprom»ning daromadlari kamaymoqda

«Gazprom»ning daromadlari kamaymoqda

Rossiya energetika giganti «Gazprom»ning Yevropa bozorini yo‘qotishi tufayli sezilarli darajada kamay gan daromadlari kamida 2030 yilgacha pasayishda davom etadi. Bunday prognozni Britaniya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

«Rossiyaning 2022 yilda Ukrainaga hujumi va keyinchalik Rossiyaning G‘arb bilan munosabatlari yomonlashuvi «Gazprom» faoliyatida sezilarli cheklovlarga olib keldi. Ehtimol, «Gazprom» o‘z eksportini Yevropa bozorlariga qaramlikdan uzoqroq yo‘naltira olmagani kamida 2030 yilga qadar uning daromadlarini cheklashda davom etishi mumkin», - deya ma’lum qildi Britaniya Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqda.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, «Kelajakda sotish hajmining o‘sishi yangi eksport infratuzilmasiga, masalan, «Sibir kuchi - 2» gaz quvuriga bog‘liq bo‘lishi ehtimoldan xoli emas»

Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023 yilda «Gazprom» Rossiya davlat byudjetiga taxminan 2,5 trillion rubl (konvertasiya qilinganda: 28 milliard AQSh dollari yoki 26 milliard yevro) to‘lagan, bu Rossiya Federasiyasi umumiy davlat daromadlari taxminan 9 foizini tashkil etdi.

ProFinance mualliflari ta’kidlaganidek, «Gazprom»ning daromadi o‘tgan yil shu davriga nisbatan qariyb 30 foizga kamayib, 8,5 trillion rublni tashkil qildi, gaz sotish esa 8,4 trilliondan 4,1 trillion rublgacha kamaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!