So‘nggi 10 kun ichida Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari natijasida 519 kishi halok bo‘ldi

So‘nggi 10 kun ichida Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari natijasida 519 kishi halok bo‘ldi

Oxirgi 10 kun ichida 519 kishi blokadadagi G‘azo sektoriga qilingan Isroil hujumlari qurboni bo‘ldi, yana 1163 kishi jarohat oldi.

Isroil 2023 yil 7 oktyabrdan beri blokadadagi G‘azoga quruqlikdan, havodan va dengizdan zarba berishda davom etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Isroilning 7 oktyabrdan beri davom etayotgan hujumlari natijasida qurbon bo‘lganlarning umumiy soni 35 173 kishiga, yaralanganlar soni esa 79 061 kishiga yetgan.

Ta’kidlanishicha, halok bo‘lganlarning jasadlari vayron bo‘lgan binolar ostida va yo‘l chetlarida hamon qolmoqda. Isroil kuchlari tomonidan qo‘yilgan to‘siqlar tufayli tez yordam brigadalari va fuqaro mudofaasi kuchlari ularga yetib bora olmayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!