O‘zbekiston Superligasi. OKMK safarda "Lokomotiv"ni mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekiston Superligasi. OKMK safarda "Lokomotiv"ni mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK safarda "Lokomotiv"ni ishonchli 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning 84-daqiqasida Mirjamol Qosimov hisobni ochdi. 88-daqiqada esa Xurshid G‘iyosov olmaliqlarga ishonchli g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

Ma’lumot uchun, OKMK ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 11 taga yetkazdi va 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!