"Janob Netanyaxu, siz genosid sodir etgan jinoyatchi sifatida tarixda qolasiz"

"Janob Netanyaxu, siz genosid sodir etgan jinoyatchi sifatida tarixda qolasiz"

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektorida genosid sodir etgan shaxs sifatida tarixga kiradi. Bu haqda Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro ma’lum qildi.

“Janob Netanyaxu, siz genosid sodir etgan jinoyatchi sifatida tarixda qolasiz. Minglab begunoh bolalar, ayollar va qariyalar ustiga bomba tashlash sizni qahramonga aylantirmaydi. Siz Yevropada millionlab yahudiylarni yo‘q qilganlar qatorida bo‘lasiz. Genosid din bilan bog‘liqmi yoki yo‘qligidan qat’i nazar, genosiddir. Hech bo‘lmaganda davom etayotgan qirg‘inni to‘xtating. Men antisemit emasman va insoniyatning dushmani ham emasman, agar G‘azo o‘lsa, insoniyat ham o‘ladi”, deb yozdi siyosatchi X ijtimoiy tarmog‘ida.

Siyosatchining ta’kidlashicha, “Falastin xalqining genosidi nasistlar davrida Yevropadagi yahudiy xalqining genosidi kabi qabul qilib bo‘lmaydi”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!