Qashqadaryoda otasi tomonidan turli shakldagi zo‘ravonlikka uchragan opa-singilga xolasi vasiy etib tayinlandi

Qashqadaryoda otasi tomonidan turli shakldagi zo‘ravonlikka uchragan  opa-singilga xolasi vasiy etib tayinlandi

Qashqadaryo viloyatida yashovchi opa-singil M.SH. va N.SH. larga nisbatan sodir etilgan jismoniy va ruhiy tazyiq holatlari tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganilganligi to‘g‘risida xabar bergan edi.

Mazkur guruh tomonidan qizlarning qarindoshlaridan qay biri ular uchun yashash va ta’lim olish munosib sharoitlarini ta’minlay olishi masalasi har tomonlama o‘rganildi.

Qarshi shahar hokimining tegishli qarori bilan M.SH. va N.SH. lar vafot etgan onasining opasi bo‘lgan Q.D. (qizlarning xolasi) qizlarga vasiy etib tayinlandi.

❕Q.D. o‘z homiy va vasiyligidagi voyaga yetmagan M.SH. (2008 yilda tug‘ilgan) va N.SH. (2010 yilda tug‘ilgan) larni tarbiyalashi, ularning ta’minoti, sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishi, shuningdek, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun mas’ulligi tegishlicha yuklatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!