Patrushev Vladimir Putinning yordamchisi bo‘ldi

Patrushev Vladimir Putinning yordamchisi bo‘ldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Nikolay Patrushevni davlat rahbarining yordamchisi etib tayinladi, deya xabar berdi Kreml sayti.

“Davlat rahbari o‘z farmonlari bilan... Nikolay Patrushevni Rossiya Federasiyasi prezidentining yordamchisi etib tayinladi”, — deyiladi xabarda.

Patrushev 2008 yildan beri Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimida ishlab kelgan. Putin ikki kun avval uni bu lavozimdan ozod qilgan edi. Bungacha Mudofaa vazirligini boshqargan Sergey Shoygu Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlandi.

Shuningdek, Putin prezident ma’muriyati rahbariyatini tayinlash to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Unga ko‘ra, ma’muriyat rahbari lavozimini Anton Vayno saqlab qoldi, uning birinchi o‘rinbosarlari - Aleksey Gromov va Sergey Kiriyenko.

Prezident Administrasiyasi rahbari o‘rinbosarlari:

Dmitriy Kozak;

Magomedsalam Magomedov;

Maksim Oreshkin;

Vladimir Ostrovenko.

Dmitriy Peskov - prezident ma’muriyati rahbari o‘rinbosari - prezident matbuot kotibi etib qayta tayinlandi.

Davlat rahbari Aleksey Dyumin Tula viloyati gubernatori lavozimidan ozod etilib, prezident yordamchisi etib tayinlandi.

Prezident yordamchilari:

Vladimir Medinskiy;

Dmitriy Mironov;

Yuriy Ushakov;

Andrey Fursenko;

Ruslan Edelgeriyev;

Larisa Bricheva - prezident yordamchisi - Davlat yuridik boshqarmasi boshlig‘i;

Dmitriy Kalimulin - prezident yordamchisi - ma’lumot bo‘limi boshlig‘i;

Dmitriy Shalkov - prezident yordamchisi - Nazorat boshqarmasi boshlig‘i.

Davlat rahbari bayonnomasini Vladislav Kitayev nazorat qiladi.

Prezidentning federal okruglardagi vakolatli vakillari:

Igor Shchegolev - Markaziy federal okrugdagi vakolatli vakil;

Aleksandr Gutsan - Shimoliy-G‘arbiy Federal okrugidagi vakolatli vakil;

Vladimir Ustinov - Janubiy federal okrugdagi vakolatli vakil;

Yuriy Chayka - Shimoliy Kavkaz federal okrugidagi vakolatli vakil;

Igor Komarov - Volga federal okrugidagi vakolatli vakil;

Vladimir Yakushev - Ural federal okrugidagi vakolatli vakil;

Anatoliy Seryshev - Sibir federal okrugidagi vakolatli vakil.

Maslahatchilar, maxsus vakillar va vakolatli vakillar:

Anton Kobyakov - prezident maslahatchisi;

Igor Levitin - alohida farmon bilan prezidentning maslahatchisi, unga transport sohasida xalqaro hamkorlik bo‘yicha maxsus vakil vazifalari ham yuklangan;

Valeriy Fadeev - prezident maslahatchisi;

Elena Yampolskaya - prezident maslahatchisi;

Sergey Ivanov - atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiya va transport bo‘yicha maxsus vakil;

Artur Muravyov — prezidentning Federasiya Kengashidagi vakolatli vakili;

Garri Minx - prezidentning Davlat Dumasidagi vakolatli vakili;

Aleksandr Konovalov - prezidentning Konstitusiyaviy suddagi vakolatli vakili.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!