EI: Ukrainadagi urush tugashi uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bir so‘zi kifoya

EI: Ukrainadagi urush tugashi uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bir so‘zi kifoya

Evropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayenning vakili Erik Mamer Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning agar G‘arb jang maydonida Ukraina masalasini hal qilmoqchi bo‘lsa, Rossiya bunga tayyor bo‘ladi, degan bayonotiga munosabat bildirdi.

Mamerning so‘zlariga ko‘ra, urushni Yevropa Ittifoqi emas, Rossiya boshlagan va jang maydonida mojaroni hal qilishga intilmoqda.

Evropa Ittifoqi vakilining fikricha, Ukrainadagi urush tugashi uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bir so‘zi kifoya - qo‘shinlarni olib chiqish.

“Rossiya 2022 yilning fevralida Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga noqonuniy bostirib kirganidan beri biz aytgan hamma gaplarni e’tiborsiz qoldirmoqda. Urush bo‘lmasligi kerak. Agar urush bo‘lsa, bu Rossiya urushni boshlaganligi sababli. Urush tugashi uchun Putinning faqat bitta so‘zi kerak - qo‘shinlarni olib chiqish. Bu urushni tugatadi", dedi Mamer.

Uning qo‘shimcha qilishicha, «Ukraina kuchlari boshqa davlatga qarshi chiqqani yo‘q. Rus qo‘shinlari Ukrainaga qarshi harakat qildi. Shuning uchun biz Rossiya rasmiylarining bu boradagi har bir bayonotiga izoh bermaymiz, ammo bizning pozisiyamiz juda aniq».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!