Armaniston shu yilning o‘zidayoq Yevropa Ittifoqiga kirishga tayyor

Armaniston shu yilning o‘zidayoq Yevropa Ittifoqiga kirishga tayyor

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Kopengagen Demokratiya sammitidagi muhokama chog‘ida mamlakat rasmiylari bu yil Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishni xohlashini aytdi.

Avvalroq, Nikol Pashinyan mamlakat Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarni o‘rnatish uchun hech qanday davlatdan ruxsat so‘ramasligini aytgandi. Pashinyan qo‘shimcha qildiki, Armaniston mustaqil davlat va shu asosda diplomatik munosabatlar o‘rnatish niyatida.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning ta’kidlashicha, Rossiya 5-aprel kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda AQSh va Yevropa Ittifoqi bilan harbiy-siyosiy kelishuvlar haqidagi ma’lumotlar yuzasidan Armanistondan aniq munosabat va rad javobini kutmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bryusseldagi uchrashuv chog‘ida Armanistonning muhim infratuzilmasini qayta yo‘naltirish bo‘yicha rejalar aslida Yerevanga yuklangani aniqlansa, Rossiya tomoni ajablanmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!