Tbilisidagi namoyishchilarga qarshi repressiyaga aloqadorlarga sanksiyalar qo‘llaniladi - Jeyms O'Brayen

Tbilisidagi namoyishchilarga qarshi repressiyaga aloqadorlarga sanksiyalar qo‘llaniladi - Jeyms O'Brayen

AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Jeyms O'Brayen Tbilisidagi matbuot anjumanida qabul qilingan “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun Yevropa Ittifoqi va NATO me’yorlariga zid ravishda hozirgi shaklida qolsa, Qo‘shma Shtatlar ko‘p million dollarlik yordam dasturlarini qayta ko‘rib chiqishini aytdi.

O'Brayen, shuningdek, namoyishchilarga qarshi repressiyaga aloqadorlarga va Gruziya hukumatiga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishidan ogohlantirdi.

AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Vashington Tbilisiga harbiy, iqtisodiy, davlat institutlarini rivojlantirish sohalarida ko‘p millionlik yordam ko‘rsatayotganini eslatdi.

"Hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi boshchiligida Gruziya o‘z konstitusiyasiga Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo bo‘lish maqsadlarini qayd etgan. Shuning uchun Tbilisining G‘arbdagi hamkorlari tomonidan Yevropa Ittifoqi va NATOning demokratik standartlariga rioya qilishga chaqiruvlari hech qanday majburlash yoki mamlakat ishlariga aralashish emas", — deya ta’kidladi O'Brayen.

“Gruziya orzusi” rahbariyatining ta’kidlashicha, partiya Yevropa integrasiyasi g‘oyasiga sodiq qoladi, “Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risidagi” qonun gruzin muholifati va yevropalik siyosatchilar aytayotganidek Yevropa Ittifoqining demokratik tamoyillariga zid emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!