Yaponiyada maxfiy muzokaralar uchun sinxron tarjima tizimi yaratildi

Yaponiyada maxfiy muzokaralar uchun sinxron tarjima tizimi yaratildi

Yaponiya davlat Milliy axborot va kommunikasiya texnologiyalari instituti avtomatik sinxron tarjima tizimini ishlab chiqdi, undan boshqa narsalar qatori katta maxfiy xalqaro muzokaralar olib borish uchun foydalanilishi kerak. Bu haqda TASS xabar berdi.

Tizim haqiqiy sinxron tarjimonlar malakasiga o‘rgatilgan sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan, deb yozadi Yomiuri gazetasi. U 2030 yilgacha to‘liq amalga oshirilishi kutilmoqda, dastlab u yapon, ingliz, xitoy, koreys va fransuz tillari bilan ishlay oladi. Hozir uni turli terminologiya bilan to‘ldirish jarayoni davom etmoqda.

Sun’iy intellektga asoslangan sinxron tarjima tizimlari boshqa mamlakatlarda yaratilmoqda, ammo Yaponiyada muzokaralar sirini saqlash manfaatlarini ko‘zlagan holda o‘zining bunday texnologiyasini ishlab chiqishga qaror qilindi. Shu va keyingi yillarda avtomatik sinxron tarjima tizimini Yaponiyadagi xalqaro konferensiyalarda sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan. Kelajakda uning imkoniyatlari sayyoramizning 15 ta asosiy tiliga, shu jumladan rus tiliga ham kengaytirilishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!