Qirg‘izistonda 21 amaldor jazolandi

Qirg‘izistonda 21 amaldor jazolandi

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatining So‘zoq tumanida sodir bo‘lgan, 30 dan ortiq maktab o‘quvchisi jabrlangan hodisa sabablarini o‘rganish bo‘yicha idoralararo komissiya ishi yakunlandi, deya xabar beradi Qirg‘iziston Prezidenti matbuot xizmati.

– Joriy yilning 2 may kuni So‘zoq tumani Jerge-Tal qishlog‘ida o‘tkazilgan “Uraanim Manas” madaniy tadbiri chog‘ida sodir bo‘lgan voqea holatlari yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruv ishlari yakunlari sarhisob qilindi. Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov topshirig‘iga ko‘ra tuzilgan idoralararo komissiya xulosasida ushbu tadbir tashkilotchilari ishtirokchilar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rmagani qayd etilgan. Xususan, viloyat va tuman ichki ishlar organlari rahbarlari o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni tegishli darajada bajarmagan. Shu bilan birga, ta’lim muassasalari mas’ul shaxslari tomonidan tuman va viloyat hokimliklari bilan noto‘g‘ri hamkorlik qilgani va axborot almashgani ham aniqlandi, - deyiladi xabarda.

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tergov davomida mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlariga “Uraanim Manas” tanlovining aniq sanasi haqida xabar berilmagani haqida alohida faktlar qayd etilgan. 1 maydan 5 maygacha bo‘lgan kunlar ishlanmaydigan kunlar, deb e’lon qilingani tadbirni tashkil etishni murakkablashtirdi. Shuningdek, aksiya o‘tkazish sanasi to‘g‘risidagi qaror So‘zoq tumani davlat hokimligi organlariga telefon orqali tarqatildi.

– Voqea sodir bo‘lgan holatlar yuzasidan o‘tkazilgan tekshirish natijalariga ko‘ra, idoralararo komissiya intizomiy jazo choralarini e’lon qilishni, shuningdek, tegishli vazirliklar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbar va xodimlarini egallab turgan lavozimidan ozod etishni tavsiya qildi. Jami 21 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, shundan 6 nafar mansabdor shaxs egallab turgan lavozimidan ozod etish uchun taqdim etilgan, - deyiladi xabarda.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirda tumandagi 18 ta maktabdan jami 2878 nafar o‘quvchi va 341 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi. Shu bilan birga, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan atigi ikki nafar inspektor jalb qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!