Toshkent shahar IIBB ikki jinoyatchini topishda fuqarolardan yordam so‘radi

Toshkent shahar IIBB ikki jinoyatchini topishda fuqarolardan yordam so‘radi

Toshkent shahri IIBB fuqarolardan qidiruvdagi jinoyatchilarni topishda ko‘mak so‘ramoqda.

Rasulov Sarvar Shavkatjonovich 1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (“Firibgarlik”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Azizov Oybek Alisher o‘g‘li 1996-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-4-qismlarida (“Firibgarlik”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Agarda ular haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki ularga o‘xshash shaxsni ko‘rsangiz, 98-302-01-00, 98-124-22-26, 71-230-97-08 yoki 102 raqamlari orqali xabar berishingiz so‘ralmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!