Nahotki! Rossiya yangi xavf ostida

Nahotki! Rossiya yangi xavf ostida

Antarktidada yuzaga keladigan jarayonlar Rossiyaga juda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Olimlar turli tadqiqotlar olib borganlaridan so‘ng Rossiyada iqlim o‘zgarishi kuchli sovish jarayonini keltirib chiqarishi mumkin, deya ta’kidlashdi, deydi «planetanovosti.com».

Ural universitetida ishlayotgan matematik olimlar mamlakatda tez orada yangi muzlik davri boshlanadi, deb taxmin qilishmoqda. Antarktidada antropogen jarayonlari hozirda faol ravishda olib borilmoqda. Mutaxassislar so‘nggi o‘n million yil ichida iqlim sharoitida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lganligini solishtirishga qaror qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, sovish va isish jarayoni o‘z navbatida kelgan. Har bir yangi davr boshlanishidan oldin olimlar xuddi shu omillar yuzaga kelganini ta’kidlashdi. Bugun ham xuddi shunday bo‘ladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Antarktidada erigan muzliklar suvi juda tez orada Rossiyaga yetib borishi, bu esa yangi muzlik davrini boshlab berishi mumkin ekan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!