Nahotki?! Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga da’vogarlar orasida pensioner, yurist va vaqtincha ishsizlar ham bor ekan

Nahotki?! Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga da’vogarlar orasida pensioner, yurist va vaqtincha ishsizlar ham bor ekan

Qirg‘iziston prezidentligiga hujjat topshirish muddati yakunlanib borayotgan bir vaqtda nomzodlar soni 50 nafardan oshdi. Bunday raqamlar respublika markaziy saylov qo‘mitasi tomonidan keltirilgan.

Nomzodlar orasida - prezident v.b. Sadir Japarov ham bor. U MSQga hujjat topshirgan, ammo nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi uchun qonunga muvofiq davlat rahbari va bosh vazir vakolatlarini 15 noyabr soat 00.00ga qadar o‘zidan sokit qilishi lozim.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Japarov bu ishni 14 noyabr kuni kechqurun amalga oshirgan. 

Parlamentning sobiq spikeri Kanat Isayev ham prezidentlik poygasida qatnashish istagini bildirdi. Saylovlarda ishtirok etish uchun u 4 noyabr kuni qonunchilik kengashi rahbari lavozimidan iste’foga chiqdi.

Nomzodlar orasida boshqa bir qator mashhur siyosatchilar ham bor.

O‘tgan parlament saylovlarida to‘rtinchi o‘rinni egallagan va natijalari keyinroq bekor qilingan "Butun Kirgizstan" partiyasi yetakchisi - Adaxon Madumarov ham davlat rahbari lavozimiga da’vogarlik qilmoqda. Shuningdek, saylovlarda Madumarovning partiyadagi sherigi va ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Kursan Asanov ham qatnashadi.

Nomzodlardan yana biri - mamlakat Konstitusiyaviy palatasining sobiq sudyasi va muxolifatdagi "Islohotlar" partiyasi yetakchisi Klara Sooronqulovadir. Oktyabr oyi boshida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida uning siyosiy birlashmasi 1,5% ovozga ega bo‘lgan.

Shuningdek, nomzodlar orasida qator sobiq parlament a’zolari, fuqarolik faollari, o‘qituvchilar, yuristlar, pensionerlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va o‘ndan ortiq vaqtincha ishsizlar ham bor. Bir kishi - siyosatshunos Baqit Baketayev hujjatlarni topshirgandan so‘ng, o‘z ixtiyori bilan saylov poygasidan chiqib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda prezident saylovlari 2021 yil 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!