Nahotki?! Jizzaxda erkak avval xotini va qizchasi, so‘ng o‘zini o‘ldirdi(mi)?

Nahotki?! Jizzaxda erkak avval xotini va qizchasi, so‘ng o‘zini o‘ldirdi(mi)?

Jizzax viloyati Forish tumanida bir oilaning barchasi o‘lik holda topildi.

Jahon.uz ga Jizzax viloyati IIBdan ma’lum qilinishicha, erkak turmush o‘rtog‘i va qizini o‘ldirgan, so‘ngra o‘z joniga qasd qilgan.

Qorabdol ota mahalla fuqarolar yig‘ini, Shohusmon qishlog‘ida yashovchi fuqaro qo‘shnisikiga o‘tib, uy egasini molxonada osilgan holda ko‘rgan.

Vaziyatdan marhumning oilasidagilarni xabardor etish uchun uyiga kirganida, ayoli va qizi ham hayotdan ko‘z yumganligiga guvoh bo‘lgan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 1986 yilda tug‘ilgan ayol hamda uning 2015 yilda tug‘ilgan qizi 1 may kuni soat 18.20 lar atrofida bo‘g‘ib o‘ldirilgan. 1980 yilda tug‘ilgan erkak esa 2 may kuni soat 14 larda yuqori nafas yo‘llarining sirtmoq bilan siqilishi ortidan vafot etgan.

Hayotdan ko‘z yumgan er-xotin o‘rtasida tez-tez janjallar bo‘lib turgan. Bunga mardikorlik bilan shug‘ullangan erkakning doimiy daromad manbaiga ega emasligi, oila iqtisodining og‘irligi sabab bo‘lgan. Bundan tashqari o‘z joniga qasd qilgan yigitning otasi o‘g‘lini oilasi bilan uyidan chiqib ketishini doimiy ravishda talab qilgan.

Shuningdek, o‘rganishlar natijasida hayotdan ko‘z yumgan er-xotinning avvalroq shifoxonaga borganligi hamda homilador ayol tekshiruvdan o‘tib, tug‘ilajak farzandining jinsini aniqlashtirganligi aniqlangan.

Homilaning qiz ekanligini bilgan erkak xotiniga bolani oldirib tashlashni buyurgan. Ayol bunga qarshilik qilgan, kelishmovchilikka shifokorlar aralashib, bolani tushirish vaqti o‘tganligini bildirishgan.

Shifoxonada boshlangan janjal uyda ham davom etganligi, jahl ustida erkak ayoli va farzandi, so‘ngra o‘z joniga qasd qilganligi to‘g‘risidagi taxmin ilgari surilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!