Moskvada sud Yevgeniy Petrosyan va Yelena Stepanenko o‘rtasidagi nikohni bekor qildi

Moskvada sud Yevgeniy Petrosyan va Yelena Stepanenko o‘rtasidagi nikohni bekor qildi

Moskvaning Xamovnicheskiy sudi kulgu ustalari Yevgeniy Petrosyan va Yelena Stepanenko o‘rtasidagi nikohni bekor qildi. Bu haqda «Vesti.ru» xabar bermoqda.

Petrosyanning advokati Sergey Jorin buni «kichik, ammo muhim g‘alaba» deb atadi. Unga ko‘ra, Stepanenko ajrim jarayoning atayin cho‘zib kelgan.

Sud matbuot kotibi Olga Mishelovaning ta’kidlashicha, hozircha nikohni bekor qilish haqidagi da’vo qondirilgan. Endi navbat mol-mulkni bo‘lishga. Xamovnicheskiy sudi bu masalani alohida ko‘rib chiqadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!