Moldovalik sportchi -60 daraja sovuqda 50km masofani yugurib o‘tdi (video)

Moldovalik sportchi -60 daraja sovuqda 50km masofani yugurib o‘tdi (video)

Molodvalik ekstremal sportchi Dmitriy Voloshin Yakutiyaning Oymyakon eng sovuq joyida 50 km masofani yugurib o‘tdi, deb xabar qilmoqda o‘lka ma’muriyati.

Sportchi -60 daraja sovuqda 50 kilometr masofani qutqaruvchilar va vrachlar yordamisiz, mustaqil bosib o‘tdi. Marafon davomida 67 daraja sovuq havo harorati qayd etildi.

Bu men uchun eng og‘ir sinov bo‘ldi. Bu ochiq koinotga chiqishga teng. Hech qanday kiyim sizni sovuqdan saqlay olmaydi. Yugurish vaqtimda yuzimni muzlatib olmaslikka harakat qildim. Nafas olish juda qiyin bo‘ldi. Havoda kislorod miqdori juda kam, mask esa muz bilan to‘lgan edi , - dedi sportchi yugurishdan keyin.

Tadbir tashkilotchilari aytishiga qaraganda, ushbu marafon Unfrozen xayriya aksiyasi doirasida o‘tkazilgan. Sportchi ushbu ishni - bolalar serebral paralichi muammosiga jamoatchilik e’tiborini qaratish, hamda 4 yoshli qizalok Yeva Pismenyukni davolash uchun mablag‘ jamlash maqsadida amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Yakutiya o‘lkasining Oymyakon qishlog‘i Yer sharida aholi yashaydigan eng sovuq joy hisoblanadi. 80 yil oldin u yerda -71,2 daraja sovuq qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!