Meyvezer: "Pakyao bilan revansh o‘tkazilmaydi"

Meyvezer: "Pakyao bilan revansh o‘tkazilmaydi"

Ijtimoiy tarmoqlarda Floyd Meyvezerning Saudiya Arabistoniga tashrif buyurishi va bu yerda Pakyao bilan revansh jangi o‘tkazilishi haqida gapirgani aks etgan video tarqalgandi. Meyvezerning o‘zi bu videoga izoh berdi.

FightHype nashriga bergan intervyusida u ushbu video ancha eski ekanligi, revansh esa o‘tkazilmasligini ta’kidladi.

"Bu video — haqiqat emas. Men allaqachon Saudiya Arabistoniga borib keldim. Men o‘zimning har xil janglarim haqida gapirdim. Odamlar esa aynan Pakyao bilan jangim haqida so‘rashgan. Video ancha eski.

Menni Pakyao bilan hech qanday muzokara qilingani yo‘q. Revansh bo‘lmaydi", — dedi Meyvezer.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!