Metabolizm nima va uni qanday qilib tezlashtirish mumkin?

Metabolizm nima va uni qanday qilib tezlashtirish mumkin?

Inson organizmidagi moddalar almashinuvi metabolizm deb ataladi. U ikkita asosiy jarayonni o‘z ichiga oladi – katabolizm va anabolizm. Moddalar almashinuvi oziq-ovqatni tanadagi barcha jarayonlar uchun zarur bo‘lgan energiyaga aylantirib, organizm normal ishlashini ta’minlaydi.

🩺 Metabolizm qator muhim funksiyalarni bajaradi, shu jumladan hujayralar, to‘qimalar, organlarning o‘sishi va tiklanishini ta’minlaydi, organizmdan toksinlar chiqib ketishiga yordam beradi, tana haroratini me’yorida ushlab turadi.

🔹Metabolizm tezligiga irsiyat, yosh, jins, mushak massasi kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi.

❓ Metaboliz tez bo‘lishining afzalliklari nimada?

✅ Tez metabolizm inson o‘zini yanada tetik his qilishi, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirish, miya faoliyatini yaxshilash, immunitetni mustahkamlash, teri va sochlar sog‘lom bo‘lishiga yordam beradi.

❗️Moddalar almashinuvini tezlashtirish uchun inson turmush tarzini o‘zgartirishi kerak.

❓ Metabolizmni qanday tezlashtirish mumkin?

❗️ Buning uchun inson, birinchi navbatda, turmush tarzini o‘zgartirishi zarur. Bunda bir qancha qoidalarga amal qilish tavsiya etiladi:

🏃‍♂️ Muntazam sport bilan shug‘ullanish. Jismoniy faollik mushak massasini oshirishga, bu esa, o‘z navbatida metabolizm tezlashishiga yordam beradi.

🥗 To‘g‘ri ovqatlanish. Ko‘proq oqsil va kletchatkaga boy mahsulotlarni iste’mol qilish, rasionda shakar, tuz va zararli yog‘larni kamaytirish, zarur miqdorda suv ichish.

🛌 To‘g‘ri va yetarlicha uxlash. Muntazam ravishda 7-8 soatdan kam uxlash moddalar almashinuvini sekinlashtirishi mumkin.

🚬 Zararli odatlardan voz kechish. Chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish organizm zaharlanishi va buning natijasida metabolizm jarayoni sust kechishiga olib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!