Merkelning telefonimi, marhamat: internetda nemis siyosatchilari shaxsiy ma’lumotlari tarqaldi

Merkelning telefonimi, marhamat: internetda nemis siyosatchilari shaxsiy ma’lumotlari tarqaldi

Xakerlar internetda yuzlab nemis siyosatchilarining shaxsiy ma’lumotlarini e’lon qildilar, deb xabar berdi juma kuni rbb Inforadio radiostansiyasi.

Radiostansiya xabariga ko‘ra, Twitterdagi sahifalarning birida siyosatchilarning mobil telefoni raqamlari, manzillari, shuningdek partiyalararo hujjatlar chop etilgan. Bundan tashqari, ayrim siyosatchilarning pasport kserokopiyalari, ular oilasi a’zolariga tegishli kredit kartalar bo‘yicha ma’lumotlar va qarindoshlar bilan yozishmalar ham omma e’tiboriga havola qilingan.

Mamlakatning Germaniya uchun alternativa partiyasidan bashqari barcha partiyalari xujumga uchragan.

Ayni vaqtda kiberxujum orqasida kim turgani noma’lum. Ma’lumotlar ommaga e’lon qilingan akkaunt 16 mingdan ziyod a’zolarga ega. Akkaunt operatori Gamburgda joylashgan deb taxmin qilinayotgan internet-platformaga tegishliligi aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!