Marg‘ilonda 37 kilogrammdan ziyod giyohvand modda saqlayotgan shaxs ushlandi

Marg‘ilonda 37 kilogrammdan ziyod giyohvand modda saqlayotgan shaxs ushlandi

Joriy yilning 29 iyun kuni, Farg‘ona viloyati IIB hamda Marg‘ilon shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2024” tadbirida, 1971 yilda tug‘ilgan, Tuyagum MFYda yashovchi A.K.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, u xonadonidagi ekin maydonida 13 tup marixuana giyohvand o‘simligini parvarishlab kelayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, A.K. 10 dona 3 litrli idishda 12 kg 537 gr ko‘knori boshoqlarini, 2 dona 3 litrli idishda 2 kg 570 gr marixuana moddasini, oq polietilen paketda esa, 41 gr gashish giyohvandlik moddasini hamda oq polietilen qopda 22 kg 550 gr ko‘knori somonini saqlab kelayotganligi aniqlanib tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Jami olingan giyohvand moddalar miqdori 37 kilogrammdan ziyodni tashkil qildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!