«Marca» nashri Abbosbek Fayzullayevning ispan klubi bilan muzokara o‘tkazayotganini yozmoqda

«Marca» nashri Abbosbek Fayzullayevning ispan klubi bilan muzokara o‘tkazayotganini yozmoqda

O‘zbekiston terma jamoasi va Rossiyaning “SSKA” futbol klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Ispaniyaning “Vilyarreal” klubida faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Bu haqida Ispaniyaning Marca nashri xabar bermoqda. Nashrning yozishicha, o‘zbek matbuoti futbolchini “Vilyarreal”ga o‘tishi mumkinligini gapirmoqda. Bu esa ispan klubining muzokaralar borasida siljishga erishishiga yordam berishi mumkin. Transfer rasmiylashtirilishi ehtimoli bor.

Transfermarkt Fayzullayevning narxini 6 mln yevroga baholagan.

Eslatib o‘tamiz, “Vilyarreal” klub o‘tgan mavsumda La Ligada 8-o‘rinni egallab, yevrokuboklarda ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘lgan.

Avvalroq O‘zbekistonlik futbolchi Lazizbek Mirzayev faoliyatini Ispaniyaning “Leganes” klubida davom ettirishi ma’lum bo‘lgandi.

Abbosbek joriy mavsum “SSKA” tarkibida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Futbolchi Rossiya Premyer Ligasida “Mavsum kashfiyoti” sovrini egasiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!