Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilmoqda

Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilmoqda

Makka shahrida qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi. Bu haqda Prezident administrasiyasi axborot siyosati xizmati rahbari Dayirbek O‘runbekovga tayanib, “AKIpress” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, qurilish ishlari prezident Sadir Japarov ko‘magida olib borilmoqda. Qirg‘izistonliklar uchun 2024 yilda haj ziyorati narxi taxminan 3 ming 750 dollarni (47 million dollardan ziyod), kvota esa 6 ming 60 kishini tashkil qiladi. O‘tgan yili haj narxi taxminan 3,9 ming dollar bo‘lgan. 2022 yilda esa 4,5 ming dollarni tashkil etgandi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Haj va umra” markazida umra xizmatlari narxi 2024 yil 10 yanvardan e’tiboran bir kishi uchun 16 600 000 so‘m etib belgilangan. O‘zbekiston delegasiyasi Saudiya Arabistonida haj va umra xizmatlari sifatini yanada yaxshilash, narxlarini arzonlashtirish, ziyoratchilar uchun bir qator qulayliklar yaratish maqsadida podshohlikdagi bir qator mutasaddi idoralar rahbarlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Shu kabi muloqotlar natijasida umra xizmatlari narxini yanada arzonlashtirishga erishilgan.

O‘z navbatida, Afg‘onistonda narxlar quyidagicha: sunniylar uchun: 3 865 dollar, shialar uchun: 3 915 dollar. Saudiya Arabistoni tomonidan afg‘onistonliklar uchun 30 mingta haj kvotalari ajratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!