Ko‘p qavatli uylarning qurilishida byudjet pullari talon-taroj qilingani aniqlandi

Ko‘p qavatli uylarning qurilishida byudjet pullari talon-taroj qilingani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqoltin tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Qishloq qurilish invest” MCHJ IK Sirdaryo viloyati filiali va “S.S.” MCHJ mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, Oqoltin tumani “Ko‘rkam diyor” massivida 1 ta ko‘p qavatli uy-joyning qurilganligi haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 949 mln so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Shu kabi, “Y.N” MCHJ tomonidan massivdagi 1 ta ko‘p qavatli uy-joyning qurilganligi haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 586 mln so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan  “Qishloq qurilish invest” MCHJ IK Sirdaryo viloyati filiali mansabdor shaxslari va jamiyat rahbarlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, “Qishloq qurilish invest” MCHJ IK Sirdaryo viloyati filiali va “S.M.” MCHJ mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, Xovos tumani “Xovos markazi” massivida 1 ta ko‘p qavatli uy-joyning qurilganligi haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 947 mln so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan  “Qishloq qurilish invest” MCHJ IK Sirdaryo viloyati filiali mansabdor shaxslari va jamiyat rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!