Kroosning o‘rnini egallamoqchi bo‘lgan futbolchi nomi ma’lum bo‘ldi

Kroosning o‘rnini egallamoqchi bo‘lgan futbolchi nomi ma’lum bo‘ldi

Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adriyen Rabio faoliyatini qayerda davom ettirishi haqida bir qarorga keldi.

29 yoshli futbolchi hali “Yuventus” bilan xayrlashmagan, biroq uning “byankonerilar” bilan shartnomasi rasman yakuniga yetgan. Yarim himoyachi erkin agent sifatida boshqa klublar bilan muzokara olib borishi mumkin. Jurnalist Alfredo Pedullaning yozishicha, Rabyo "Yuventus"ning yaqinda bo‘lgan taklifini rad etgan: futbolchiga 8 million yevro maosh taklif qilingan, biroq uni agentga to‘lanadigan komissiya miqdori qoniqtirmagan.

Manbaning ta’kidlashicha, fransiyalik futbolchiga "Liverpul"dan taklif bor, uning o‘zi esa "Real Madrid"dan taklif kutmoqda va u jamoadan ketgan Toni Kroosning o‘rnini egallashi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!