Koronavirus! AQSh Eronga "odamgarchilik" qildi

Koronavirus! AQSh Eronga "odamgarchilik" qildi

AQSh Janubiy Koreyaga Eronga gumanitar yordam ko‘rsatishga ruxsat berdi. Bu haqda Yonhap xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Amerika lisenziyasini olgach, Seul may oyidayoq hech bir sanksiyasiz yordam yetkaza oladi. Gap, avvalo, dori-darmonlar va tibbiy asbob-uskunalar haqida ketmoqda. Shu bilan birga, Koreya tomoni yukning belgilangan maqsadda ishlatilishini ta’minlashi kerak.

Ilgari, Qo‘shma Shtatlar Eronning koronavirusga qarshi kurashda yordam olishiga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘lganligi haqida ma’lumot bor edi: ular Tehron tomonidan so‘ralgan kreditni to‘sib qo‘yishlari mumkin edi. Ma’muriyat manbalarining ta’kidlashicha, Tehronning yuqori martabali mulozimlari gumanitar yordam uchun ajratilgan mablag‘larni bir necha bor o‘zlariga qoldirib ketishgan.

Eron koronavirusning jiddiy ta’siriga uchragan mamlakatlardan biridir. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada 66,2 mingdan ortiq infeksiya aniqlangan, 4,1 ming kishi vafot etgan, 32 ming kishi davolangan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!