Kokorin 2 oyga hibsga olindi

Kokorin 2 oyga hibsga olindi

Moskva shahrining Tverskoy sudi «Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va uning ukasi Kirillni 8 dekabrga qadar hibsda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, 8 oktyabr kuni aka-uka Kokorinlar va «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayev Moskvadagi qahvaxonalardan birida Minpromtorg mulozimi Denis Pak va «NAMI» tashkiloti rahbari Sergey Gaysinni do‘pposlashgan edi. Bu mojarodan biroz oldin esa «Perviy kanal» boshlovchisi Olga Ushakovaning haydovchisiga hujum qilishgan. Jabrlanganlar turli tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Bu ish yuzasidan Moskva polisiyasi 213-modda (Bezorilik) bo‘yicha jinoyat ishi ochdi va ishtirokchilarni hibsga oldi. Aybdorlarga 7 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!