Jizzaxda uch nafar talonchi qo‘lga tushdi

Jizzaxda uch nafar talonchi qo‘lga tushdi

2018 yil 21 dekabr kuni Samarqand viloyati Jomboy tumani Nayman mahallasida yashovchi X.R. o‘zining Gazel rusumli avtomashinasida Jizzax viloyatining Paxtakor tumani Buyuk Ipak yo‘li QFY hududida to‘xtab dam olayotgan vaqtida, 3 noma’lum shaxs davlat raqamlari aniqlanmagan Neksiya rusumli avtomashinada kelib, uning avtomashinasi oynasini tosh bilan urib sindirishgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ular Gazel salonidan 5 500 000 so‘m pulini olib, voqea joyidan yashiringanlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati Ohangaron tumani Qoraxitoy QFYda yashovchi B.A., M.A. va D.T.lar o‘zlarining boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinasida sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!