JCH-2018. Meksika Germaniyani nokautga uchratdi

JCH-2018. Meksika Germaniyani nokautga uchratdi

JCH-2018 doirasida Germaniya va Meksika terma jamoalari o‘rtasida uchrashuv nihoyasiga yetdi. Uchrashuvda meksikaliklar sensasion g‘alabani qo‘lga kiritdilar.

Aytish mumkinki, meksikaliklar amaldagi jahon chempionlariga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatdilar, ko‘p hollarda ularni shoshirib qo‘ydilar.

Birinchi bo‘lim oxirlarida mekskaliklar kuchayib ketdilar. 35-daqiqada Errera oldinga intilayotgan Chicharitoga to‘p uzatdi, u biroz chaproqda kelayotgan Losanoga to‘p uzatdi. Losano Xummelsni chalg‘itib, 7 metrlardan zarba berib hisobni ochdi - 0:1.

Jamoalar ikkinchi bo‘limga o‘zgarishlarsiz tushdilar. Ikkinchi bo‘lim Germaniyaning ustunligida o‘tdi desa bo‘ladi, ammo meksikaliklar ham xavfli qarshi hujumlar uyushtirib turishdi. Shu hujumlarning birida Chicharito va Vela bir himoyachi bilan qolishdi, ammo Chicharitoning uztagan to‘pni Vela qabul qila olmadi. 

62-daqiqada Kimmix o‘z ustidan oshirib meksikaliklar davozasini ishg‘ol qilishgan urinib ko‘rdi, ammo to‘p biroz yuqoridan ketdi.

Asosiy vaqt tugashiga 3-daqiqa qolganida Mario Gomesh hisobni tenglashtirishi mumkin edi, ammo uning bosh bilan yergan zarbasi noaniq bo‘ldi.

Ikki daqiqa o‘tib, Brandt nima uchun Leroy Sanening o‘rniga kelganini sibotlab qo‘yishi mumkin edi: Ochoa darvozasi oldidan Gomes tovoni bilan xavfli, lekin noaniq zarba berdi, qaytarilgan to‘pni Brandt jarima maydonchasi tashqarisida kuchli zarba yo‘lladi, ammo biroz noaniq!

Nemislarning qo‘shib berilgan 3-daqiqadagi urinishlari ham samara bermadi. Shunday qilib Meksika termasi amaldagi jahon chempionini mag‘lub etdi!


JCH-2018, F guruhi

1-tur

Germaniya – Meksika 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 35 Losano.

Germaniya – Noyer, Boateng, Plattenxardt (Gomes, 79), Kimmix, Xummels, Xedira (Roys, 60), Kroos, Shzil, Draksler, Verner (Brandt, 86), Myuller.

Meksika – Ochoa, Moreno, Ayyala, Salsedo, Layyun, Errera, Galyardo, Vela (Alvares, 58), Guardado (Markes, 74), Losano (Ximenes, 66), Ernandes.
Ogohlantirishlar: Moreno (40), Myuller (83), Xummels (84), Errera (90).

Manba: stadion.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!