Janubiy Koreya fuqarolari Covid-19ga qarshi bepul emlanadi

Janubiy Koreya fuqarolari Covid-19ga qarshi bepul emlanadi

11 yanvar kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In mamlakatning barcha fuqarolari koronavirusga qarshi bepul emlanishini ma’lum qildi, deb yozadi The Korea Times Yonhap agentligiga tayanib. Jarayon keyingi oydan boshlanishi rejalashtirilgan.

3 yanvardan mamlakatda koronavirus bilan kasallanish holatlarining pasayishi kuzatilmoqda, o‘sha kuni 1000 dan ortiq holatlar qayd etilgan edi. Bemorlar soni kamayishiga 17 yanvargacha kiritilgan ijtimoiy masofalanish chora-tadbirlari yordam bermoqda.

The Korea Times gazetasi, shuningdek, Janubiy Koreyada bu yil gripp bilan kasallanish darajasi o‘tgan mavsumga nisbatan sezilarli darajada kamligini yozmoqda.

Mamlakatda 14 million odam grippga qarshi bepul emlandi. Biroq koronavirusga qarshi kengaytirilgan himoya choralari — niqob taqish, masofani saqlash va shaxsiy gigiyenaga rioya qilish ham katta ahamiyat kasb etadi, deydi mutaxassislar.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!