Eron chempionati. Jaloliddin Masharipov jamoasi O‘runov klubini yana ikkinchi o‘ringa tushirib qo‘ydi

Eron chempionati. Jaloliddin Masharipov jamoasi O‘runov klubini yana ikkinchi o‘ringa tushirib qo‘ydi

Eron Pro Ligasida 24-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov to‘p tepayotgan Tehronning "Istiqlol" klubi o‘z maydonida "Shams Azar Qazvin" klubini qabul qildi. Murosasiz kechgan bellashuvda hamyurtimiz klubi 3:2 hisobida zafar quchdi. Asosiy tarkibda maydonga tushgan Masharipov 79-daqiqada murabbiy tomonidan zaxiraga olindi.

Ma’lumot uchun, "Istiqlol" ushbu g‘alabadan keyin ochkolar sonini 53 taga yetkazdi, va Oston O‘runov harakat qilayotgan "Persapolis"ni yana ikkinchi o‘ringa tushirib yubordi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!