Jahon yangiliklari dayjesti

Jahon yangiliklari dayjesti


🔭 Shanxayda dunyodagi eng katta planetariy ochildi. Majmuaning umumiy maydoni 58,6 ming kv. m.ni tashkil etadi.

🇦🇫 Afg‘oniston qurolli kuchlari mamlakat shimolida va markazida bir necha hududlarni toliblardan qaytarib oldi. Hozirda mamlakatning 34 viloyatidan 20tasida shiddatli janglar davom etmoqda.

🇮🇱 Isroilda koronavirusga chalinib, o‘zini yakkalash tartibini buzgan shaxslar javobgarlikka tortiladi.

🇨🇳 Pekinda kuchli yomg‘ir yog‘ishi tufayli 370 dan ortiq reyslar bekor qilindi. Shu bilan birga, ikkita metro stansiyasi yopildi va bir necha o‘nlab poyezd qatnovlari bekor qilindi.

🇫🇷 Fransiyada 114 mingga yaqin kishi ishtirokida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Miting qatnashuvchilari hukumatning sanitariya guvohnomasini joriy etishiga va tibbiyot xodimlarini majburiy emlash qaroriga qarshi chiqishdi.

Batafsil: www.gazeta.uz/uz/2021/07/19/digest169/?utm_source=push&utm_medium=telegram


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!