Jahon kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etgan para pauyerliftingchilarimiz tantanali kutib olindi

Jahon kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etgan para pauyerliftingchilarimiz tantanali kutib olindi

Xabar berganimizdek, joriy yilning 17-27 iyun kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida para pauyerlifting bo‘yicha jahon kubogi bo‘lib o‘tdi.

Bugun ushbu musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan terma jamoamiz a’zolari yurtimizga qaytib kelishdi. Matonatli para sportchilarimizni Toshkent xalqaro ayeroportida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati, ommaviy axborot vositalari xodimlari, oila a’zolari hamda yaqinlari katta tantana bilan kutib oldi.

Eslatib o‘tamiz, para pauyerliftingchilarimiz ushbu jahon kubogida yakkalik dasturda 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 6 ta medalni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida jamoaviy dasturda kumush medalga sazovor bo‘lishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!