Isroilda karantinni buzganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Isroilda karantinni buzganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Isroil o‘zini izolyasiya qilish rejimini ataylab buzgan koronavirusga chalingan bemorlarni sudga tortadi. Tegishli qarorni mamlakat bosh vaziri Naftali Bennett qabul qildi, deb xabar beradi hukumat rahbari devoni.

Xabarda aytilishicha, o‘zini izolyasiya qilishni buzuvchilar "xalq sog‘lig‘iga xavf tug‘diradi". Mamlakat rasmiylari "qonunbuzarliklarni kuchli va samarali bostirish bilan birga nazoratning oqilona tamoyillarini" o‘rnatishga intilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil hukumati mamlakatda "delta" koronavirusining tarqalishi munosabati bilan ba’zi cheklovlarni qayta kiritishga va pandemiyaga qarshi yondashuvni qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lganligi haqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!