Isroil yo‘qotishlarni hisobga olmaydi

Isroil yo‘qotishlarni hisobga olmaydi

So‘nggi 24 soat ichida Isroil G‘azo sektorida yana besh nafar askarining halok bo‘lganini e’lon qildi, bu bilan Isroil hukumati tomonidan o‘lgan deb tan olingan jami askar soni 674 nafarga, 7 oktyabrdan beri yaralangan askarlar soni esa 9000 nafarga yaqinlashdi.

Isroil armiyasidagi nogiron askarlarning umumiy soni o‘tgan oy birinchi marta 70 mingdan oshdi, ularning 35 foizi ruhiy salomatlik muammolari va 21 foizi jismoniy jarohatlar tufayli davolanmoqda. Tegishli ma’lumotni Isroilning 7-kanal ham tasdiqladi.

«Reabilitasiya bo‘limida davolanayotgan 70 mingga yaqin nogiron askarning 9539 nafari travmadan keyingi va psixiatrik reaksiyalardan aziyat chekmoqda», — deyiladi xabarda.

❕ Aprel oyi o‘rtalarida Isroil armiyasi oktyabr oyida boshlangan agressiyadan buyon 2000 dan ortiq askar, polisiya va xavfsizlik xodimlari ishdan bo‘shatilganini tan oldi, deb xabar qildi Isroil Mehnat vazirligi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!