Ish haqining eng kam miqdori oylik emas, soatiga ko‘ra belgilanishi lozim

Ish haqining eng kam miqdori oylik emas, soatiga ko‘ra belgilanishi lozim

Evrokomissiya yaqin kunlarda Yevroittifoq miqyosidagi eng kam ish haqi miqdorini belgilash masalasini muhokama qiladi.

“REGNUM” xabarida qayd etilishicha, hozirda Yevroittifoqning 28 mamlakatidan 22 tasida eng kam ish haqi miqdori belgilangan. Italiya bu borada umumiy me’yor ishlab chiqilishiga oid tashabbus bilan chiqdi. Tashabbusga ko‘ra, ish haqining eng kam miqdori oylik emas, soatiga belgilanishi lozim bo‘lib, italiyaliklar bu miqdor soatiga 8 yevro bo‘lishini taklif qilgan.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!