Iroqda ISHID a’zosi bo‘lgan 3 fuqaro o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iroqda ISHID a’zosi bo‘lgan  3 fuqaro o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iroqda ISHID a’zosi bo‘lgan Fransiyaning 3 fuqarosi o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.

Suriyada qo‘lga olingan 32 yoshli Keven Gono, Leonar Lope va 41 yashar Salim Mosh sud qaroridan shikoyat bildirish uchun bir oy vaqt bor. Ular hozirning o‘zida qarordan noroziligini aytib, sud muhokamalari Fransiyada bo‘lib o‘tishini talab qilgan.

Bu mamlakat sudi kelib chiqishi fransuz bo‘lgan jangarilarni oliy jazoga hukm qilishi bilan bog‘liq ilk holat. Bungacha ulardan bir necha nafari umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi. Shunday ayblov bilan qo‘lga olingan yana 9 nafar fransuz sud hukmini kutmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!