Iker Kasilyas Chempionlar ligasida Toshkentning "Lokomotiv"i bilan o‘ynamoqchi

Iker Kasilyas Chempionlar ligasida Toshkentning "Lokomotiv"i bilan o‘ynamoqchi

"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas Moskvaning "Lokomotiv" klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi o‘yinidan oldin "qovun tushirdi".

Kasilyas Qizil maydonda sayr qilib, "Tvitter"ga o‘yin haqida xabar yozdi, ammo Moskva klubi o‘rniga Toshkentning "Lokomotiv" klubini belgilab qo‘ydi.

"JCH-2018 vaqtida televideniya to‘plagan tajribamdan so‘ng, @LokomotivUzb ga qarshi Chempionlar ligasida o‘ynash uchun ushbu go‘zal shaharga qaytdim" - deb yozdi Kasilyas.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!