Hurlar nimadan yaratilgan?

Hurlar nimadan yaratilgan?

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hurlar nimadan yaratilgani haqida so‘rashdi. U zot sollallohu alayhi vasallam dedilar: Uchta narsadan: pastroqdagilari mushkdan, o‘rtadagilari anbardan, oliylari kofurdan. Sochlari va qoshlariga nurdan bo‘lgan qoralik chizilgan (Termiziy rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: Alloh taolo huri iynlarni oyoq barmoqlaridan tizzasigacha za’farondan, tizzasidan ko‘kragigacha mushkdan, ko‘kragidan bo‘ynigacha anbardan, bo‘ynidan boshigacha oq kofurdan yaratdi. Ularning egnida riongul (juda go‘zal gul) kabi yetmish ming bezak bor. Agar qarasa, yuzidan xuddi quyosh dunyo ahliga nur sochganidek porloq nur taraladi. Agar unga qaralsa, kiyimlari va terisining nozikligidan jigari ko‘rinadi. Boshida xushbo‘y mushkdan bo‘lgan yetmish ming kokil sollanib turadi. Har bir kokilning etagida bir xizmatchi qiz ko‘tarib yuradi va: Allohning do‘stlari uchun qilgan amallari evaziga mukofotdir , deb nido qiladi .

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!