Ukrainaga 50 milliard dollar ajratish g‘oyasi muhokama qilinmoqda

Ukrainaga 50 milliard dollar ajratish g‘oyasi muhokama qilinmoqda

Amerika hukumati G7ning boshqa a’zolari bilan Kiyev hukumatiga 50 milliard dollar yordam beradigan guruh yaratish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib yozmoqda.

"Qo‘shma Shtatlar yaqin hamkorlari bilan Ukrainaga 50 milliard dollargacha yordam ko‘rsatadigan ittifoqchilar guruhini boshqarish uchun muzokaralar olib bormoqda", deyiladi materialda.

Shu bilan birga, amerikaliklar ushbu xarajatlarni "muzlatilgan suveren Rossiya aktivlaridan olingan foyda" orqali qoplashni taklif qilmoqdalar.

Amerika tomoni ham bu g‘oya bo‘yicha kelishuv iyun oyida Italiyada tuzilishini talab qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!