WSJ: Isroil HAMASga ultimatum qo‘ydi

WSJ: Isroil HAMASga ultimatum qo‘ydi

Isroil HAMASdan bir hafta ichida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishib, garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi, deb yozadi The Wall Street Journal Qohirada davom etayotgan muzokaralar bilan tanish bo‘lgan ismi oshkor etilmagan Misr rasmiylariga tayanib.

Agar HAMAS bu talablarni rad etsa, Isroil G‘azo sektori janubidagi bir milliondan ortiq tinch aholi istiqomat qiladigan va HAMASning so‘nggi tayanch nuqtalaridan biri hisoblangan Rafah shahriga hujum boshlashi bilan tahdid qilgan.

Qohirada Isroilning G‘azo sektorida 40 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Nashrning yozishicha, HAMAS rahbariyati umuman olganda “ijobiy” javobga tayyor, ammo guruhning harbiy qanoti rahbari Yahyo Sinvardan yakuniy qarorni kutishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!