Hindistonda sigir so‘yganlar endi 10 yilga qamalishi mumkin

Hindistonda sigir so‘yganlar endi 10 yilga qamalishi mumkin

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida “Sigir so‘yishning oldini olish haqida”gi qonunga o‘zgartirish kiritildi. Endi bu qonunga zid ravishda sigir so‘yganlar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin, deya xabar bermoqda “Evronyus”. 

Mazkur qonun 1955 yildan beri amal qilib kelmoqda, biroq shtat hukumati unga jazo choralarini kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi o‘zgartirishlarni qo‘shishga qaror qildi. Xususan, qonunga zid ravishda sigir so‘yganlik uchun tayinlanadigan ozodlikdan mahrum etish jazosi 7 yildan 10 yilga chiqarildi. 

Shuningdek, qonunga “hayvonning hayotini xavf ostiga qo‘yish” moddasi ham qo‘shildi. Unga muvofiq sigirning jarohatlanishiga sabab bo‘lganlar, unga yetarli yem va suv bermaganlar 1 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bunday holatlarda sigirlar olib qo‘yiladi, biroq ularni bir yil davomida boqish xarajatlari egalarining zimmasida bo‘ladi. 

Uttar-Pradesh shtati aholisining 80 foizi hinduizimga e’tiqod qiladi. Hinduizmda esa sigir muqaddas hayvon hisoblanadi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!