Hindiston: “Yadroviy qurolni birinchi bo‘lib ishlatmaymiz. Kelajakda nima bo‘lishi – vaziyatga bog‘liq”

Hindiston: “Yadroviy qurolni birinchi bo‘lib ishlatmaymiz. Kelajakda nima bo‘lishi – vaziyatga bog‘liq”

Hindiston Tashqi ishlar vaziri Rajanatx Singx Tvitterdagi sahifasida uning mamlakati yadroviy qurolni birinchi bo‘lib qo‘llamasligini, biroq kelajakda nima bo‘lishi vaziyatga bog‘liqligini yozdi.

Singxning bayonoti Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytga to‘g‘ri keldi.

Hindiston hukumati 5 avgust kuni Jammu va Kashmir shtatini keng muxtoriyatdan mahrum etish haqidagi qaror qabul qildi. Jammu va Kashmir Hindistonda aholisining aksarini musulmonlar tashkil etuvchi yagona shtat hisoblanadi. Pokistonning ta’kidlashicha, Jammu va Kashmir bilan bog‘liq masalalarni Hindiston bir tomonlama hal qila olmaydi, chunki ularni xalqaro miqyosda muhokama etish zarur.

Hindistonning bu qarorini Pokiston keskin qoraladi. Har ikki davlat chegaralariga qo‘shinlarni keltirishga kirishdi. Hindiston va Pokiston shu paytgacha Kashmir uchun uch marta urishgan.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!