Hindiston kompaniyalari O‘zbekiston farmasevtika bozoriga qiziqish bildirdi

Hindiston kompaniyalari O‘zbekiston farmasevtika bozoriga qiziqish bildirdi

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov boshchiligidagi delegasiya Hindistonga amaliy safari davomida O‘zbekiston – Hindiston biznes forumida qatnashdi.

Forumda Hindistonning 20 dan ortiq kompaniyasi ishtirok etdi.

Forum doirasida, delegasiya a’zolari keng ko‘lamli muzokaralar o‘tkazib, o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov O‘zbekiston farmasevtika sohasiga investisiya kiritish afzalliklari, chet ellik investorlar uchun berilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida va "Tashkent Pharma Park" innovasion ilmiy ishlab chiqarish farmasevtika klasteri haqida batafsil ma’lumot berdi.

Agentlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, delegasiya a’zolari "Hetero Labs Limited" kompaniyasi zavodida ham bo‘ldi. Kompaniya O‘zbekiston farmasevtika bozoriga qiziqishi kattaligi va mahalliy ishlab chiqazuvchilar bilan hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

"Hetero Labs Limited" – Hindistonning beshta yirik farmasevtika kompaniyalaridan biri bo‘lib, dunyo bo‘ylab 38 ta ishlab chiqarish zavodiga ega va 145 mamlakatda faoliyat olib boradi.

Mezbon tomon kelgusida klaster faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar qilish uchun O‘zbekistonga taklif qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!