Habib Nurmagomedov futbol o‘ynamoqda: «Bu men uchun birinchi raqamli sport turi»

Habib Nurmagomedov futbol o‘ynamoqda: «Bu men uchun birinchi raqamli sport turi»

Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov futbolga bo‘lgan qiziqishi haqida gapirdi.

«Krishtianu bilan bog‘lanib turaman, Benzema va Zlatan bilan suhbat qurib turamiz. Futbol men uchun birinchi raqamli sport turi. Bolaligimdan futbolchi bo‘lishni orzu qilganman, doim futbol tomosha qilardim.

Futbol yaxshiroq. U yerda urish, sindirish va jarohat yetkazish kerak emas. Sen shunchaki maydonga chiqasan va qay darajada professional ekaningni chiroyli suratda namoyish qilasan. Bu ham juda qiyin sport turi.

Futbol menga UFC va MMA’ga qaraganda ko‘proq yoqadi. Futbolni qancha tomosha qilsam ham bundan charchamayman. UFC esa... Avvallari janglarni ko‘rib turardim, biroq hozir unday emas.

Futbolda hamma o‘yinlari ko‘rib boraman, barcha jamoalar bilan tanishman, kim qayerda o‘ynaydi, qaysi jamoa qay musobaqada g‘olib bo‘lgan, UYEFA Kubogi, Chempionlar Ligasi, Yevropa Chempionati... Xullas hammasi bilan yaxshi tanishman», — deydi Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, Habib 24 oktyabr, shanba kuni «Jangchilar oroli»da UFC 254 musobaqasida Jastin Getjiga qarshi jang qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!